» » Sankt-Peterburgda “Gazel” ichidan joni uzilgan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Sankt-Peterburgda “Gazel” ichidan joni uzilgan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi


Sankt-Peterburg shimolida “Gazel” ichidan nafas olmayotgan O‘zbekiston fuqarolari topildi. Ularni mahalliy aholi payqab qolgan, deb xabar beradi “1news.uz”.

Ma’lum qilishlaricha, erkak shifoxonaga joylashtirilgan. Unga ekzotoksik komаga olib kelgan noma’lum modda orqali o‘tkir zaharlanish tashxisi qo‘yilgan. Jabrlanganning ahvoli og‘ir, deya baholanmoqda.

Politsiyachilar “Gazel” 15-aprel kechasi o‘t olgani, dvigateli baland ovozda ishlagani haqida so‘zlab bergan guvohni topdi. Guvoh ertasi kuni ertalab ham mashina dvigateli ishlayotganiga e’tibor qaratgan. Avtomobil turgan hovli atrofidagi uyda istiqomat qiluvchilar mashina eshigini ochib, dvigatelni o‘chirgan. Salonda esa bir nimalar deb g‘o‘ldirayotgan erkakka ko‘zlari tushgan.

Politsiya tomonidan so‘roq qilingan fuqaro jabrlanuvchini mast deb o‘ylagani va salondagi ayolni payqamay qolganini aytib berdi. Hayotdan ko‘z yumagan 35 yoshli ayol va 28 yoshli erkak O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aniqlangan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют