» » Daily Mail APLning mavsum ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Undan “Liverpul”ning 7 futbolchisi o‘rin oldi

Daily Mail APLning mavsum ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Undan “Liverpul”ning 7 futbolchisi o‘rin oldi


Buyuk Britaniyaning Daily Mail nashri Angliya Premyer Ligasining 2019/20-yilgi mavsumi ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Undan yetti nafar “Liverpul” futbolchisi o‘rin oldi. Shuningdek, “Lester”ning ikki nafar o‘yinchisi ramziy terma jamoaga kiritilgan bo‘lsa, “Manchester Siti” va “Aston Villa”dan bir nafardan vakil bor.

Daily Mail talqiniga ko‘ra APL ramziy terma jamoasi:

Darvozboan: Alisson Bekker (“Liverpul”)

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk, Endryu Robertson (barchasi — “Liverpul”), Chog‘lar Suyunchu (“Lester”)

Yarim himoyachilar: Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Jek Grilish (“Aston Villa”), Jordan Henderson (“Liverpul”)

Hujumchilar: Sadio Mane, Muhammad Saloh (ikkisi — “Liverpul”), Jeymi Vardi (“Lester”).

Eslatib o‘tamiz, Premyer Liga joriy mavsumi koronavirus pandemiyasi sabab 29-turga kelib to‘xtab qolgan. “Liverpul” 82 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi va eng yaqin ta’qibchisini 25 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют