» » Janubiy Koreya hukumati Kim Chen Inni tirik va soppa-sog‘ligini ma’lum qildi

Janubiy Koreya hukumati Kim Chen Inni tirik va soppa-sog‘ligini ma’lum qildi


KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In tirik va soppa-sog‘. Bu haqda Janubiy Koreya prezidentining maslahatchisi Mun Chjon Inga tayanib, CNN xabar berdi.

“U 13-apreldan buyon Vonsanda. Hozircha hech qanday shubhali harakatlar qayd etilmadi”, — deydi Mun Chjon In.

Avvalroq CNN telekanali AQSh KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i jarrohlik amaliyotidan so‘ng yomonlashgani to‘g‘risidagi razvedka ma’lumotlarini o‘rganayotganini ma’lum qilgandi. Daily NK’ning yozishicha, Kim Chen Inda 12-aprel kuni yurak-qon tomir tizimiga bog‘liq jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomonlashgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar xato ekanligini bildirib, CNN’ga doim ham ishonavermasligini aytgan.

26-aprel kuni esa KXDRda Kim Chen Inning o‘limi to‘g‘risidagi xabarlar fonida uning nomidan bayonot e’lon qilindi. Pxenyanda sarosima boshlangani haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda.

Mavzuga doir: Rossiyalik ekspert Kim Chen Inning ishlayotganligi haqidagi rasmiy xabarlarga munosabat bildirdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreyada 2019-yildan buyon hokimiyatni topshirish uchun favqulodda reja tayyorlanmoqda. Mamlakat tepasiga amaldagi rahbar Kim Chen Inning o‘rniga uning singlisi Kim Yo Chjon kelishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют