» » Germaniyada 6 metrli zirhlangan Range Rover 1,2 mln yevroga sotilmoqda

Germaniyada 6 metrli zirhlangan Range Rover 1,2 mln yevroga sotilmoqda


Germaniyaning Klassen firmasi Land Rover Range Rover’ning yangilangan maxsus versiyasini taqdim etdi. Mazkur zirhli mashinaning uzunligi 6,2 metrga yetadi. VR8 standarti bo‘yicha himoyalangan versiya 1,2 million yevroga baholanmoqda, deb xabar beradi Motor.

Klassen loyihaning asosi sifatida Land Rover Range Rover Long versiyasidan foydalangan. Eshiklar orasida 1016 millimetrli “vstavka” o‘rnatilgan, shift balandligi oshirilgan, tag va yon qismlari, shuningdek, oynalari kuchaytirilgan. Mashina bortida yong‘in o‘chiruvchi va kislorod zaxirasiga ega avtonom tizim mavjud.

Mijozning talabidan kelib chiqib, nemis atelyesi Range Rover’ni VR8-VR9 standarti bo‘yicha zirhlashi mumkin, ya’ni top-versiyasi Range Rover Sentinel’ning zavoddagi himoya darajasidan mustahkam.

Bundan tashqari, zirhli limuzinga maxsus Pirelli shinalari o‘rnatilgan bo‘lib, u teshilib qolgan taqdirda ham 80 kilometrgacha masofani bosib o‘ta oladi. Shuningdek, mashina nostandart ochiluvchi eshiklarga ega: masalan, yukxona yon tomondan ochiladi.

Uzaytirilgan salon ichidan uch qator o‘rindiqlar joylashgan bo‘lsa-da, VIP shaxs uchun ikkita joy ham bor, oyoqlarning uzatib o‘tirishga keng joy mavjud. Interyer alohida buyurtma asosida jihozlanadi: haydovchi va yo‘lovchini ajratib turuvchi oyna o‘rniga monitor o‘rnatish mumkin, panoramali tom ochiladi.

Klassen zirhli yo‘ltanlamasning texnik jihatlari haqida ma’lumotlarni oshkor qilmagan. Taxminlarga ko‘ra, mashinaga 525-565 ot kuchiga ega 5,0 litrli V8 kompressorining benzinli versiyasi o‘rnatilgan. VR8 standartiga ega zirh yo‘lovchini Kalashnikov avtomatining 7,62 kalibrli o‘qidan himoya qila oladi.

Oddiy Range Rover limuzinining narxi 750 ming yevro turadi, mazkur yo‘ltanlamas esa 1,2 million yevroga baholanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют