» » Donald Tramp uning ishdagi odatlari yozilgan maqolani tanqid qildi

Donald Tramp uning ishdagi odatlari yozilgan maqolani tanqid qildi


Donald Tramp uning kun tartibi va ishdagi odatlari yozilgan The New York Times’dagi maqolani tanqid qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter’ida yozib qoldirdi.

The New York Times’dagi maqolada pandemiya tufayli yuzaga kelgan inqirozda Trampni prezidentlik saylovlarida yutish imkoniyatlari ko‘proq tashvishlantirayotgani, uning faoliyati OAVlarda qanday yoritilayotganini diqqat bilan kuzatayotgani bayon etilgan.

Shuningdek, kabinetida kam vaqt o‘tkazishi, uning o‘rniga o‘zining shaxsiy oshxonasi yoki yotoqxonasida gazetalardan parchalar o‘qib, televizor tomosha qilib o‘tirishi yozilgan. Nashrning ta’kidlashicha, prezident deyarli har kuni o‘tkaziluvchi brifinglarga tayyorgarlik ko‘rmaydi va jurnalistlar bilan tortishadi.

Tramp esa ertalabdan kechga ishlashi va bir necha oydan beri Oq uyni tark etmayotganini bildirgan.

“Men savdo kelishuvlarini tuzish va qurolli kuchlarni tiklash uchun oylab Oq uydan ketmasdan, erta tongdan to tungacha ishlayman. The New York Times’da esa mening kun tartibim va ishdagi odatlarim haqida men haqimda hech narsa bilmaydigan uchinchi darajali jurnalist tomonidan yozilgan yolg‘on maqolani o‘qiyapman”, — deb yozgan u.

Shuningdek, o‘zining 3,5 yillik prezidentlik faoliyatida AQShning qolgan barcha prezidentlariga qaraganda ko‘p ishlarni amalga oshirganini ta’kidlagan. “Meni yaqindan bilgan odamlar men tarixdagi eng mehnatkash prezident ekanligimni aytishadi”, — degan Tramp.

Avvalroq Tramp koronavirus sabab bir oydan buyon Oq uydan chiqmayotganini aytgandi. Faqat bir marta Nyu-Yorkka yo‘l olgan harbiy-tibbiy kemani kuzatishga borib kelganini ta’kidlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют