» » Eron koronavirus tarqalish darajasiga ko‘ra bir necha hududlarga bo‘lindi

Eron koronavirus tarqalish darajasiga ko‘ra bir necha hududlarga bo‘lindi


Eron hukumati cheklovlar qo‘yish yoki uni olib tashlash maqsadida mamlakatni koronavirus tarqalishi xavfiga qarab bir necha hududlarga bo‘ldi. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, bu haqda 26-aprel kuni mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy ma’lum qilgan.

“Mamlakat oq, sariq va qizil rangdagi uch hududga bo‘linadi. Koronavirus cheklovlari va qoidalari ushbu uch zonali ajratish doirasida amalga oshiriladi”, — deyiladi prezidentning rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda.

Hasan Ruhoniyning aytishicha, bunday bo‘linish joylardagi koronavirusga chalinish darajasiga bog‘liq bo‘lib, u yoki bu turga kirishiga qarab tegishli choralar ko‘riladi. Xususan, oq rangga kiruvchi joylarda masjidlarni ochish, juma namozi o‘qilishiga taqiqlarni olib tashlash, shuningdek, aholi to‘planishiga ruxsat berish ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda Eronda koronavirusga chalinish holati ilk bor e’lon qilingan 19-fevraldan buyon 90 mingdan ortiq kishi kasallangan, ularning 5,7 mingdan ortig‘i vafot etgan, 70 mingga yaqin kishi tuzalgan.

Avvalroq Isroil tashqi razvedkasi Eron, Iroq, Livan va Suriyada koronavirus keng tarqalgan, biroq ularda bu haqdagi ma’lumotlar kamaytirib ko‘rsatilayotganini bildirgandi. “Eronda e’lon qilinayotgan raqamlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deb aytgandi Isroil tashqi razvedkasi Mossad rahbari Yosi Koen.

Mavzuga doir: Eron koronavirusga qarshi kurashda AQShga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют