» » KXDR yadro sinovini o‘tkazadigan bo‘lsa, Xitoy unga neft yetkazib berishni to‘xtatadi

KXDR yadro sinovini o‘tkazadigan bo‘lsa, Xitoy unga neft yetkazib berishni to‘xtatadi


KXDR yadro sinovini o‘tkazadigan bo‘lsa, Xitoy unga neft yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda “Xuansyu shibao” gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

15-aprel, shanba kuni Pxenyanda ikkita raketa modeli namoyish qilingan harbiy parad bo‘lib o‘tdi. 16-aprel kuni Shimoliy Koreyada ballistik reketani uchirishga harakat qilib ko‘rgani aniqlandi. Bundan kelib chiqadiki, Pxenyan so‘nggi ikki kundagi harakati bilan raketa-yadro dasturini davom ettirmoqda. Agar yadro sinovi o‘tkaziladigan bo‘lsa, Xitoy KXDRga neft yetkazib berishni to‘xtatib, BMT Xavfsizlik kengashining KXDRga nisbatan yangi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Avvalroq, Xitoy hukumatining Koreya yarimoroli masalalari bo‘yicha maxsus vakili U Davey Pxenyanga ta’sir chorasi sifatida yoqilg‘i va bir qator mahsulotlarni yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish, Xitoyda ishlayotgan shimoliy koreyaliklarni deportatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgandi.

KXDR shu kunga qadar besh marta — 2006, 2009 va 2013-yillarda bir martadan, 2016-yilda ikki marta yadro sinovini amalga oshirdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют