» » Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi

Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubordi


Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash, shuningdek, uning mamlakatda tarqalishining oldini olishga qaratilgan xalqaro hamkorlik doirasida O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi Koreyadan insonparvarlik yordamini jalb qildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, umumiy og‘irligi 34 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, Janubiy Koreyaning Evergreen Motors, Hanshin E&C, Shindong Resources, BOMI E&C, GM Korea, GM, UNICO Logistics, Chung Hospital, Myung Sung Placon, Suwan TPL, Union Korea Pharm, Century, Infinity Co., Ltd., LH, Hyundai Engineering kabi kompaniyalari va Shinxan universiteti ko‘magida shakllantirildi.

Bundan tashqari, Koreya tashqi ishlar vazirligi tomonidan ajratilgan 250 ming dollar miqdoridagi mablag‘ evaziga PCL Inc. kompaniyasining 20 ming dona PSR diagnostika test tizimlari xarid qilindi.

Qiymati 900 ming dollarga yaqin 6,2 tonna og‘irlikdagi yuqori texnologik tibbiy uskunalar, avtomat mexanizmli tibbiy karavotlar va PZR (polimeraz zanjir reaksiyasi) diagnostika test tizimlari Uzbekistan Airways aviakompaniyasining maxsus samolyotida mamlakatga jo‘natildi.Umumiy og‘irligi 27,6 tonnadan ortiq bo‘lgan gumanitar yukning qolgan qismi navbatdagi yuk charter reysi bilan respublikaga yetkaziladi.

Koryo universiteti professori Yun Sing Ju ham kasallikka qarshi kurashda xalqaro ekspert sifatida ushbu reys bilan Toshkentga keladi. Koreyaning yordam yuki Toshkentga 26-aprel kuni kechki payt yetib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boshlanganidan buyon O‘zbekiston Xitoyga, Eronga, Afg‘onistonga, Qirg‘izistonga, Tojikistonga, Belarusga, Ozarbayjonga, Vengriyaga insonparvarlik yordami jo‘natdi. O‘z navbatida O‘zbekiston mazkur pandemiyaga qarshi kurashish uchun Xitoy, BAA va AQShdan yordam oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют