» » Amerikalik reper Kanye Uest milliarderga aylandi

Amerikalik reper Kanye Uest milliarderga aylandi


Amerikalik hip-hop qo‘shiqchi Kanye Uest Forbes ekspertlari tomonidan milliarder deb tan olindi. Nashr reperning boyligini 1,3 milliard dollarga baholagan.

Milliarder maqomini rasman berish to‘g‘risidagi qaror reper o‘zining moliyaviy hisobotlarini e’lon qilgandan so‘ng qabul qilingan. Jurnalistlar Uestga to‘liq egalik qiladigan Yeezy markasini serdaromad deb hisoblamoqda. Ekspertlar brendning Adidas kompaniyasi bilan bog‘liqligini hisobga olib, uni 1,3 milliard dollarga baholagan.

Biroq Uestning o‘zi ekspertlarning hisob-kitobiga qo‘shilmagan. “Milliard emas, 3,3 milliard dollar, chunki Forbes’da hech kim hisoblashni bilmaydi”, — degan reper.

Uest o‘zining milliarder ekanligiga Forbes’ni anchadan buyon ishontirishga harakat qilib keladi. “Men ularga 890 million dollarlik chekni ko‘rsatdim, ular bo‘lsa hali ham meni milliarder demayapti”, — deydi Uest.

Mavzuga doir: Forbes dunyoning eng badavlat reperlari ro‘yxatini e’lon qildi

2019-yil yakunlariga ko‘ra, Kanye Uest ilk bor Forbes’ning eng serdaromad reperlar reytingi peshqadamiga aylangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют