» » Namanganda yuk mashinasi 20 yoshli qizni urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Namanganda yuk mashinasi 20 yoshli qizni urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi


Namangan viloyati Namangan shahrida 26-aprel, yakshanba kuni, soat 15:45 larda odam o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa 4R 112 Farg‘ona halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 78-kilometrida yuz bergan. 1959-yilda tug‘ilgan N.G‘. boshqaruvidagi Isuzu yuk mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida 2000-yilda tug‘ilgan A.Sh. ismli qiz og‘ir tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Aprel oyining to‘rtinchi haftasida odam o‘limi bilan yakunlangan yana bir nechta YTH sodir bo‘ldi. 20-aprel kuni Muborak tumanida Spark va “Zil” to‘qnashuvi oqibatida 32 yoshli Spark haydovchisi, 21-aprel kuni Boysun tumanida Nexia qo‘ylarni haydab ketayotgan cho‘ponni urib ketishi oqibatida 28 yoshli cho‘pon, Chirchiq shahrida Nexia-3 piyodani urib yuborishi oqibatida 60 yoshli piyoda, Sariosiyo tumanida Captiva velosipedchini turtib yuborib, so‘ng devorga urilishi oqibatida 31 yoshli yo‘lovchi, Konimex tumanida Nexia-3 ag‘darilib ketishi oqibatida 24 yoshli haydovchi, Qamchiq dovonida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi tog‘ga urilishi oqibatida 37 yoshli haydovchi vafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют