» » De Bryuynedan Son Hyon Mingacha. Premyer Liga joriy mavsumining eng yaxshilari aniqlandi

De Bryuynedan Son Hyon Mingacha. Premyer Liga joriy mavsumining eng yaxshilari aniqlandi


Buyuk Britaniyaning The Athletic nashri Premyer Liga 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshilarini aniqladi.

Mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne e’tirof etildi. Belgiyalik futbolchi bu borada “Liverpul” futbolchilari Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk, Sadio Mane va Jordan Henderson, shuningdek, “Lester” hujumchisi Jeymi Vardidan ustun kelgan.

De Bryuyne Angliya chempionatining joriy mavsumida 26 o‘yin o‘tkazib, to‘qqizta golga mualliflik qildi.

Shuningdek, yana bir qator yo‘nalishlarda eng yaxshilar tanlab olindi:

Eng chiroyli gol: Son Hyon Min (“Tottenhem”) “Byornli”ga qarshi o‘yindagi (5:0) gol.

Yetarli baho berilmagan futbolchi: Denni Ingz (“Sauthempton”).

Eng yaxshi yosh futbolchi: Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”).

The Athletic talqiniga ko‘ra mavsum ramziy terma jamoasi:

Darvozboan: Alisson Bekker (“Liverpul”)

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk, Endryu Robertson (barchasi — “Liverpul”), Chag‘lar Suyunju (“Lester”)

Yarim himoyachilar: Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Jek Grilish (“Aston Villa”), Jordan Henderson (“Liverpul”)

Hujumchilar: Sadio Mane, Muhammad Saloh (ikkisi — “Liverpul”), Jeymi Vardi (“Lester”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют