» » Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 695 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 695 kishiga yetdi


Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 13 ta holat qayd etildi. Shunday qilib, butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 695 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Nurbo‘lat Usenboyevga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

“Koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha qayd etilgan so‘nggi 13 holatning ikkitasi chetdan kirib kelgan. Virus Rossiyadan qaytgan ikki fuqaroda aniqlangan. Fuqarolardan biri ikki oydan ortiqroq vaqt davomida Sol-Ilesk shahrida bo‘lgan va davlat chegarasini kesib o‘tayotganida tahlillar unda koronavirus borligini ko‘rsatgan. Ikkinchi fuqaro esa Novgoroddan qaytgan”, — deydi vazir o‘rinbosari.

Shu bilan birga, kasallikka chalinganlarning uch nafari tibbiyot xodimlari. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 bilan kasallangan tibbiyot xodimlari soni 183 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda Qirg‘izistondagi statsionarlarda 292 kishi davolanmoqda, 7 nafar bemor jonlantirish bo‘limida. Jami 395 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 8 kishi esa COVID-19 qurboniga aylangan.

O‘zbekistonda 27-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1887 nafarga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 789 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют