» » AQShda koronavirusni aniqlash bo‘yicha test o‘tkazishni ikki baravarga oshirish rejalashtirilmoqda

AQShda koronavirusni aniqlash bo‘yicha test o‘tkazishni ikki baravarga oshirish rejalashtirilmoqda


Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti rahbari Entoni Fauchining aytishicha, AQShda COVID-19’ni aniqlash uchun o‘tkaziladigan sinovlar soni ikki baravarga oshirishi mumkin. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Uning qayd etishicha, hozirda haftasiga 1,5-2 millionta test o‘tkazilmoqda. Fauchi koronavirusning oldini olishda test muhim rol o‘ynashini ta’kidlagan. Shuningdek, izolyatsiyaga va odamlar bilan ijtimoiy aloqalarni cheklashga ham rioya qilish kerakligini aytgan.

Avvalroq AQShda koronavirusga qarshi o‘tkazilayotgan testlar soni keskin qisqargani  haqida xabar berilgan edi. Mamlakat vitse-prezidenti Maykl Pens ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda 5,1 milliondan ortiq odam koronavirusga test topshirdi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 939 ming kishidan, virus qurbonlari esa 53 ming kishidan oshib ketgan. Butun dunyo bo‘ylab esa COVID-19 oqibatida vafot etganlar 203 ming kishidan oshdi.

Mavzuga doir: Nyu-York gubernatori shtatga koronavirus Xitoydan emas, Italiyadan kirib kelganini taxmin qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют