» » Hindistonlik erkak karantin paytida uyiga qaytish uchun 28 tonna piyoz sotib oldi

Hindistonlik erkak karantin paytida uyiga qaytish uchun 28 tonna piyoz sotib oldi


Hindistonning Ollohobod shahrida yashovchi erkak karantin paytida Mumbaydan uyiga yetib olishi uchun o‘zini piyoz sotuvchisi qilib ko‘rsatdi, deb yozadi CNN.

Hindistonda qat’iy tartibda karantin joriy etilganiga qaramay oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan transport vositalariga shtatlar o‘rtasida harakatlanishga ruxsat berilgan.

Mumbay aeroporti xodimi Prem Murti Pandey oziq-ovqat bozoridan 28 tonna piyoz sotib olgan. U piyoz sotuvchisi sifatida chegaradan o‘tish uchun ijaraga yuk mashinasi olgan hamda haydovchi yollagan.

Erkak uch kun deganda 1400 kilometr masofani bosib o‘tib, Ollohobodga kirib borgan. Yo‘l-yo‘lakay u uchta shtat hududidan o‘tgan.

Qayd etilishicha, Ollohoboddagi politsiyachilar Pandeyning rejasidan xabar topib, uni karantinga joylashtirgan.

“Unda kasallikning hech qanday alomatlari yo‘q. Shunday bo‘lsa ham xavfsizlik nuqtayi nazaridan u karantinga joylashtirildi”, — deydi mahalliy politsiya vakili Arvind Kumar Singh.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 2) ( 0) ( 2) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют