» » Singapurlik olimlar O‘zbekistonda koronavirus qachon butunlay tugashini prognoz qildi

Singapurlik olimlar O‘zbekistonda koronavirus qachon butunlay tugashini prognoz qildi


Singapur Texnologiya va dizayn universiteti (SUTD) tadqiqotchilari mavjud ma’lumotlar tahlili asosida dunyoda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatlar yakunlanishiga oid monitoring natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat shu yilning may oyida yakun topishi taxmin qilinmoqda.

SUTD innovatsiyalar laboratoriyasi tomonidan chop etilgan hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi 2-may kuni 97 foizga, 8-mayda 99 foizga tugaydi. Uning batamom 100 foizga yakunlanishi esa 24-mayga to‘g‘ri kelishi prognoz qilingan.

Qayd etilishicha, keltirilgan monitoring natijalari faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan bo‘lib, xatolar bo‘lishi mumkin. Shu sababli har qanday ijobiy prognozlar ham ehtiyotlik bilan qabul qilinishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlarning umumiy soni 892 nafarga yetdi. Virus aniqlangandan buyon qayd etilgan jami kasallanish holatlari esa 27-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, 1887 tani tashkil etmoqda. O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют