» » Asl Baraka brendi o‘z ishiga mehr qo‘ygan insonlarga bag‘ishlangan “Mehnatsevar” loyihasining navbatdagi qahramoni — Toshkent davlat stomatologiya institutining 3-kurs talabasi Safarova Kamola haqida so‘zlaydi

Asl Baraka brendi o‘z ishiga mehr qo‘ygan insonlarga bag‘ishlangan “Mehnatsevar” loyihasining navbatdagi qahramoni — Toshkent davlat stomatologiya institutining 3-kurs talabasi Safarova Kamola haqida so‘zlaydi


Safarova Kamola 22 yoshda, Toshkent davlat stomatologiya institutining 3-kurs talabasi.

Hozirda Kamola Xayriya ishlarini yagona muvofiqlashtiruvchi markazning call-markazida tibbiyot sohasidagi ko‘ngillilarning koordinatori sifatida faoliyat olib bormoqda.

–“Biz ilgari aholiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, maktab-internatlardagi bolalar bilan ishlash bo‘yicha turli loyihalarni amalga oshirganmiz. Bu safar bizni jamoamiz bilan call-markazning operatori sifatida odamlarga yordam berishga taklif qilishdi. Hozir bu yerda asosan farmakologiya kurslaridan o‘tgan tibbiyot talabalari ishlashmoqda, chunki hech bo‘lmaganda odamlar dori vositalarini so‘raganlarida dorilarning nomini tushunish va tezroq yozib olish ular uchun boshqalarga qaraganda osonroq. Bundan tashqari, operatorlar psixologiya va psixiatriya kurslaridan o‘tishmoqda. Albatta, biz professional emasmiz, lekin ancha-muncha ko‘nikmalar orttirdik”.

Ko‘pchilik odamlar qo‘ng‘iroqlarga javob berib o‘tirish mutlaqo qiyin emas, deb o‘ylashadi. Aytingchi, bu ishda siz qanday qiyinchiliklarga duch kelyapsiz?

“Aslida, bu qiyin ish emas, ammo juda xilma-xil qo‘ng‘iroqlar bo‘ladi. Ba’zi odamlar g‘azablanadi, baqiradi, yig‘laydi va hatto uyat so‘zlarni ishlatganlari ham bo‘ladi. Yoki, masalan, bir buvijon qo‘ng‘iroq qilib, yeyishga hech nimasi yo‘qligini aytadi, keyin esa bir kishi qo‘ng‘iroq qilib, ro‘yxat bo‘yicha talab qilishni boshlaydi: mol go‘shti, tovuq go‘shti, qo‘y go‘shti, margarin va sariyog‘, uchinchisi esa, televizor yoki sovutgich talab qiladi va yana kimdir shunchaki o‘z ma’lumotlarini aniq qilib aytib bera olmaydi. Menimcha, ba’zi odamlar haligacha hozirgi vaziyatning qay darajada qiyin ekanligini to‘liq tushunib yetmadilar. Davlat imkon qadar yordam berishga harakat qilmoqda. Biz – hozirda qiyin ahvolda bo‘lgan odamlardan murojaatlarni qabul qilib olish markazimiz. Biz kuniga 300 000 ga yaqin qo‘ng‘iroqlarni qabul qilamiz va bu shunchaki gap emas, balki haqiqiy statistik ko‘rsatgich.

Hech narsaga muhtoj bo‘lmagan odamlar shunchaki o‘ynab qo‘ng‘iroq qilishayotgan holatlar ham bo‘lmoqda, ular tufayli haqiqatdan ham yordamga muhtoj insonlar bizga bog‘lana olishmayapti, bu juda xunuk holat. Ammo biz hech narsaga qaramay, o‘ishimizda davom ettiryapmiz. Koordinator sifatida men har doim o‘z operatorlarim bilan yaxshi muomalada bo‘laman va biz har xil suhbatlarni o‘tkazamiz. Avvaliga biroz qiyinroq bo‘ldi, biz uyga borgach hech uxlay olmadik, chunki quloqlarimiz ostida o‘sha qo‘ng‘iroqlar, suhbatlar, boshqalarning hikoyalari, iltimoslar jaranglab turar edi, hattoki ba’zida hozir ham shunday holatlar bo‘lib turadi. Lekin hozirda anchagina osonroq, chunki biz hamma narsani qabul qilishga va hech narsani yuragimizga yaqin olmaslikka o‘rganyapmiz. Biz bilan hatto psixologlar ish olib borishmoqda”.

Nima sizni har kuni ertalab ishga borishga undaydi? Bu ishda sizga ko‘proq nima yoqadi?

“Menga shunchaki “rahmat” deydigan odamlar turtki beradi. Ijtimoiy tarmoqlarda, salbiy sharhlar ham bor, ammo biz ko‘proq ijobiy fikrlarni va minnatdorchilik so‘zlarini o‘qishga harakat qilamiz. Bizga qayta qo‘ng‘iroq qilib minnatdorchilik bildirayotganlar yoki arizani rasmiylashtirish jarayonida bizni duo qilayotganlar ham bor va bilasizmi, bu juda yoqimli. Bu bizni odamlarga kerakligimizni his qilishimizga yordam beradi va bizga juda katta turtki beradi. Uni ustiga, men har kuni markazda bo‘lishim kerak, chunki u yerda mening jamoam bor va men ularga kerakman. Mana shu ham menga juda katta turtki beradi. Hatto oxirgi paytlarda men qo‘ng‘iroqlardan ham ijobiy quvvat ola boshladim. Tarmoqning narigi uchidagi insonni tinchlantirish, kayfiyatini ko‘tarish menga ko‘proq huzur beradi. Hozirgi vaqtda mamlakat rivojiga o‘z hissamni qo‘shayotganimni, davlatga va shu bilan birga odamlarga yordam berayotganimni tushunish bo‘lajak tibbiyot xodimi sifatida men uchun juda muhim”.

Telefonda o‘zingiz eshitgan biror qiziqarli yoki ta’sirli voqeani so‘zlab bersangiz. U nimasi bilan sizda taassurot qoldirdi?

“Aslida bunday holatlar juda ko‘p bo‘lib turadiBir safar, sakson olti yoshli buvijon qo‘ng‘iroq qilib, karantin boshlanganda uyida non va yana boshqa bir mahsulotlar bo‘lganini aytdi. U nonni suxari qilganini, lekin ular allaqachon tugaganini va faqat 3 ta lavlagi qolganini, shuning uchun u kuniga faqat bittadan lavlagi iste’mol qilishiga to‘g‘ri kelayotganini aytdi. Albatta, biz unga yordam berdik. Ertasi kuni u minnatdorchilik bildirib qo‘ng‘iroq qildi va rosa yig‘ladi. Tan olishim kerak, o‘sha paytda yuragim ezilib ketdi. Juda ko‘p otaxonlar, buvijonlar va urush faxriylari murojaat qilishadi, ular ko‘pincha: –“Biz bitta ocharchilikni yengib o‘tganmiz va buni ham yengib o‘tamiz”, – deyishadi. Bu so‘zlar menga juda qattiq ta’sir qildi, chunki ulardan oldin ham, keyin ham juda ko‘p odamlar qo‘ng‘iroq qilishgan, ammo ularning ba’zilari shunchaki o‘zlarida atigi 2-3 kunlik oziq-ovqat mahsulotlari qolganligini va ularga go‘sht kerakligini aytib baqirishadi, ba’zilari esa, haqiqatan ham hayotiy muhim narsani so‘rashadi”.

Kamolaning aytishicha, odamlar psixolog yordami uchun ham murojaat qilishadi. Bunday holatlar uchun psixologlarda 1197 raqami bo‘yicha alohida tarmoq bor.

Call-markazda yordam berish uchun chaqirilganingizga yaqinlaringiz va oilangiz qanday munosabatda bo‘lishdi?

“Avvaliga oilam shokka tushib qoldi, ular men uchun qattiq xavotirlana boshlashdi. Ayniqsa, men endigina qaror qabul qilgan paytimda, mening opam va jiyanlarim biz bilan birga yashayotgan edilar, shuningdek, onam ham nafaqa yoshida va u xavf ostidagi yosh guruhiga mansub. Albatta, men ular uchun xavotirlanib qo‘rqardim. Ammo ijtimoiy tarmoqlardagi minnatdorchilik fikrlarini ko‘rib, onam har kuni ertalab meni duo qilib va mening odamlarga juda kerakligimni aytib ishga jo‘natadi. “Olloh seni sog‘-salomat o‘z panohida asrasin”,– deya duo qilib meni kuzatadi.

Aytingchi, agar vaqtni orqaga qaytarishni imkoni bo‘lganida, siz voqealar yo‘nalishini o‘zgartirib, boshqa kasbni tanlashni xohlagan bo‘larmidingiz? Call-markazda yordam berish borasida aynan shu savolga qanday javob berasiz?

“Agar vaqtni ortga qaytarish imkoni bo‘lganida ham, men hech qachon boshqa kasbni tanlamagan bo‘lardim, men o‘z kasbimni juda yaxshi ko‘raman. Men to‘g‘ri tanlov qilganman deb hisoblayman. Kol-markaz masalasiga kelsak, men hech qachon hech narsani o‘zgartirmagan bo‘lar edim: men yana o‘sha yerda o‘tirardim, xuddi shu jamoani to‘plagan bo‘lardim. Men odamlarga kerakman va buni aniq bilaman”.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют