» » NASA Grenlandiyadagi yirik muzlikda paydo bo‘lgan yoriq suratini namoyish etdi

NASA Grenlandiyadagi yirik muzlikda paydo bo‘lgan yoriq suratini namoyish etdi


Grenlandiyadagi Petermen muzligida yirik muz “oroli” ajralib chiqishi va dengiz sathi ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoriq paydo bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. 

Yoriq NASA tomonidan Arktika muzliklari holatini kuzatish bo‘yicha Operation IceBridge dasturi doirasida suratga olindi. 

Yangi darz muzlikdagi yana bir, bundan ham kattaroq yoriq yaqinida paydo bo‘lgan. Olimlar ikki yoriq birlashib, muzlikning yarmiga cho‘zilishi hamda bir qismi ajralishiga olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirdi. 

Daniya va Grenlandiya geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, shunday bo‘lgan taqdirda muzlikning ajralib chiqqan qismi maydoni 130 dan 180 kvadrat kilometrgachani tashkil etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют