» » Internetda yangi BMW 2-Series kupesining ilk suratlari paydo bo‘ldi

Internetda yangi BMW 2-Series kupesining ilk suratlari paydo bo‘ldi


Internetda kupe kuzovida yaratilgan yangi BMW 2-Series’ning suratlari paydo bo‘ldi. Suratlarda “ikki eshikli”ning seriyali ishlab chiqarishdan oldingi prototipi tasvirlangan. Bu uning old va orqa qismi, interyeriga baho berishga, shuningdek, uning modifikatsiyasi borasida ayrim xulosalarga kelish uchun yetarli, deb xabar beradi Motor.

Yangi BMW 4-Series’ga o‘rnatilgan ulkan radiator panjaralaridan farqli o‘laroq, mazkur model dizaynida hashamat kuzatilmaydi, shu bilan birga, ayrim jihatlari zamonaviy BMW’larga ham xos emas.

“Kichik” kupening optikasi, shuningdek, bamperlaridagi uch burchakli havo panjaralari boshqa modellarda kuzatilmaydigan, original ko‘rinishga ega. Yopinchiq va shildiklar (ma’lumot yozilgan parcha) bu “qizdirilgan” M240i ekanligini ko‘rsatmoqda, biroq old tarafidagi M logotipi hayratlanarli: bu kabi yechimning boshqa muqobili yo‘q.

Modelning orqa tomoni ancha an’anaviy yaratilgan. Orqa fonarlar 2005-yilgi E90 kuzovidagi BMW 3-Series optikasini yodga soladi.

Taxminlarga ko‘ra, BMW 2-Series’ga motorlar gammasi 1,5 va 2,0 litrli dvigatellar moduli, “o‘qlangan” M240i xDrive hamda M2’ga esa olti silindrli 3,0 litrga ega turbomotor o‘rnatiladi.

BMW 2-Series kupesining kuzovi haqida batafsil ma’lumotlar taqdimotdan oldin, 2020-yil oxirlari yoki 2021-yil boshlarida paydo bo‘ladi. Insayderlarning ta’kidlashicha, yangi 2-Series’ning kabriolet kuzovidagi versiyasi bo‘lmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют