» » Tojikistonda koronavirusga chalinish holati qayd etilgani rasman e’lon qilinishi kutilmoqda

Tojikistonda koronavirusga chalinish holati qayd etilgani rasman e’lon qilinishi kutilmoqda


Tojikiston hukumati yaqin vaqt ichida mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holat qayd etilganini e’lon qiladi, qator tumanlarda karantin joriy etiladi, deb xabar bermoqda “Interfaks” Qirg‘iziston hukumatidagi manbasiga tayanib.

“Yaqin vaqt ichida Tojikiston hukumati mamlakatdagi og‘ir epidemiologik vaziyat va koronavirus qayd etilganligini tan oladi hamda respublikaning ayrim tumanlarida karantin choralarini joriy etadi”, — deb aytgan agentlik manbasi.

“Qo‘shni Tojikistonda 60 dan ortiq kishi karantinga olingan, ular orasida poytaxt maktablari o‘qituvchilari, IIV xodimlari, respublika milliy banki xodimlari bor. O‘tgan haftada Tojikiston xalq-demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari Xayriniso Yusufiy karantinga olindi”, — degan u.

“Interfaks”ning qayd etishicha, 26-aprel kuni Tojikistonning COVID-19 profilaktikasi bo‘yicha respublika shtabi koronavirus xavfi sababli bog‘cha, maktablar va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida 27-apreldan 10-maygacha 2 haftalik ta’til e’lon qilishga qaror qilgan. OTMlarda esa o‘qish davom etishi, o‘zgarishlar bo‘lganda bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi aytilgan.

Shuningdek, 18-apreldan boshlab Ramazon oyida koronavirus tarqalishining oldini olish munosabati bilan mamlakat masjidlarida jamoat, jumladan, juma va taroveh namozlarini o‘qish taqiqlandi, mamlakatda barcha futbol uchrashuvlari 10-maygacha to‘xtatildi, xorijliklarning mamlakatga kirish-chiqishi vaqtinchalik taqiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari orasida hozirga qadar Tojikiston va Turkmanistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat rasman e’lon qilinmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlaridan iborat guruh shu hafta Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyurib, brifing o‘tkazadi va tahlil bo‘yicha vaziyat qanday ekani borasida rasmiy ma’lumot beradi.

O‘zbekiston 9-aprel kuni Tojikistonga un va antiseptiklardan iborat 18 vagon gumanitar yordam yuborgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют