» » “Qasoskorlar: Final” 2019-yilning eng ko‘p foyda keltirgan filmi bo‘ldi

“Qasoskorlar: Final” 2019-yilning eng ko‘p foyda keltirgan filmi bo‘ldi


Deadline nashri 2019-yilda katta ekranlarga chiqarilgan eng kassabop filmlar ro‘yxatini tuzdi.

Hisob-kitoblar jarayonida filmning kassadan olgan sof foydasi inobatga olindi. Hosil bo‘lgan summadan jurnalistlar ishlab chiqarish budjeti, reklama va boshqa xarajatlarni chiqarib tashlagan.

25 ta filmni o‘z ichiga olgan ro‘yxatning birinchi o‘rnini 2019-yilda ijodkorlarga 890 million dollar sof foyda keltirgan “Qasoskorlar: Final” filmi egalladi.

Qo‘rqinchli filmlar eng serdaromad janrlardan bo‘lib qolmoqda. Buning sababi ularning kam budjet asosida suratga olinishi.

Jordan Pilning “Biz” filmi o‘tgan yili eng ko‘p daromad keltirgan qo‘rqinchli film bo‘ldi. Film ijodkorlari 119 million dollar sof foyda ko‘rgan.

“Yulduzlar jangi”ning to‘qqizinchi epizodi yangi trilogiyaning eng qimmat budjetga ega qismi bo‘ldi. Uning budjeti 275 million dollarni tashkil etdi. Bunga qaramay Jey Jey Abramsning kartinasi Disney’ga bor yo‘g‘i 300 million dollar foyda keltirdi.

“O‘rgimchak odam: uydan uzoqda” 2019-yilda Sony kinostudiyasiga eng ko‘p daromad keltirgan film bo‘ldi. Sikvel ijodkorlarga 339 million dollar foyda keltirdi.

To‘rtinchi o‘rinni “Joker” 437 million daromad bilan zabt etdi. Ushbu summaning yarmi Warner Bros’ning hamkorlariga tegishli. Shuningdek, rejissor Todd Fillips ham 70 million dollar oladi.

Eng serdaromad filmlar reytingining kuchli beshtaligiga “Kapitan Marvel”, “Qirol sher”, “Muzyurak 2” hamda “Qasoskorlar: Final” filmlari kirdi.

Mavzuga doir: Kun topilmasi: Qora mushuk ishtirokidagi “Taxtlar o‘yini”, “Matritsa” va “Qasoskorlar” (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют