» » Futbol tarixidagi eng omadsizlar reytingi tuzildi. Top-10 talikda Ektor Kuper ham bor

Futbol tarixidagi eng omadsizlar reytingi tuzildi. Top-10 talikda Ektor Kuper ham bor


Ispaniyaning Marca nashri futbol tarixidagi eng omadsizlar reytingini tuzib chiqdi.

Unda “Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Xavyer Maskerano birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Futbolchi faoliyati davomida 11 ta finalda mag‘lub bo‘lgan — 5 marta terma jamoa safida, 6 bor klub miqyosida.

Ikkinchi pog‘onadan “Manchester Yunayted” va Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Patris Evra o‘rin oldi. Evra Chempionlar Ligasida eng ko‘p (4 marta) mag‘lub bo‘lgan futbolchi hisoblanadi. Kuchli uchlikni “Chelsi”, “Real” va “Bavariya” sobiq yarim himoyachisi Aryen Robben yakunlab berdi. Niderlandiyalik futbolchi faoliyati davomida oltita finalni boy bergan (2 — YChL, 3 — Superkubok, bir marta JCh—2010).

Kuchli beshlikdan O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper ham o‘rin oldi. Argentinalik mutaxassis faoliyati mobaynida oltita finalda yutqazgan bo‘lib, ularning ikkita “Valensiya” bilan Chempionlar Ligasi finaliga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, quyidagi futbol olami vakillari o‘nlikdan o‘rin oldi:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют