» » Shavkat Mirziyoyev 2020-yilda O‘zbekistondagi 20 ta konga investorlarni jalb qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev 2020-yilda O‘zbekistondagi 20 ta konga investorlarni jalb qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-aprel, dushanba kuni, geologiyada amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va galdagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, oxirgi uch yilda ushbu sohani tubdan isloh qilish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi. Shu davrda tarmoqqa ajratilgan mablag‘lar 3 barobarga oshdi. Uskunalarning uchdan bir qismi yangilandi. 850 tadan ziyod ilg‘or va innovatsion texnologiyalar joriy etildi.

Natijada qidirilayotgan qazilma boyliklari turlari 3 tadan 17 taga kengaydi. Ruda tarkibida aniqlanadigan elementlar soni 12 tadan 40 taga yetkazildi. 2019-yilda Markaziy Osiyoda ilk bor zamonaviy aerogeofizik kompleks ishga tushirilib, yer qa’rini innovatsion usullarda o‘rganish yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, geologiya ishlarining boshlang‘ich bosqichida zamonaviy GIS-texnologiyalari asosida dunyoda tan olingan Global-Mapper, Erdas, ENVI dasturlari va yuqori aniqlikdagi Landsat, Aster kosmosuratlaridan foydalanish joriy etildi. Bu usullar ancha chuqur qatlamlar haqida yuqori aniqlikda ma’lumot olish hamda katta hududlarni qisqa muddatda o‘rganish imkonini bermoqda. Eng muhimi, vaqt va xarajat tejalmoqda.

Sohadagi ishlarni izchil davom ettirish maqsadida 2020-yilda geologiya-qidiruv ishlariga 1,6 trillion so‘m ajratildi.

Bugungi yig‘ilishda mazkur ishlar hajmini oshirish, xorijiy investitsiyalar jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yil yakuniga qadar oltin va kumush resurslari, mis va 8 turdagi noruda boyliklari zaxiralarini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi. Buning uchun texnikalarni yangilashni davom ettirish kerak. Masalan, zamonaviy uskunalarni qo‘llash hisobiga burg‘ilash chuqurligini 800 metrdan 1200 metrga yetkazish, ish samaradorligini esa 1,7 baravarga ko‘paytirish mumkin.

Shu bois 2020-yilda geofizika, burg‘ilash, tog‘-kon va laboratoriyada qo‘llaniladigan 385 ta uskunani modernizatsiya qilish bo‘yicha topshiriq berildi. Yil yakuniga qadar uglevodorodga istiqbolli 16 ta maydonni aniqlash, 23 ta yangi kon zaxiralarini tasdiqlash vazifasi qo‘yildi.

Sohaning investitsion jozibadorligini oshirish masalasi muhokama qilinar ekan, davlat rahbari buning uchun xalqaro standartlarni joriy etish kerakligini ta’kidladi. Xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, geologlarni JORC standartlari bo‘yicha ma’lumot tayyorlashga o‘qitish muhimligi qayd etildi.

O‘zlashtirish uchun tayyor 20 ta konga tajribali investorlarni jalb qilish, boshqa istiqbolli maydonlar bo‘yicha sarmoyaviy loyihalarni shakllantirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют