» » Bir zumda uxlab qolishning harbiycha usuli

Bir zumda uxlab qolishning harbiycha usuli


Amerika Milliy uyqu fondining ma’lumotiga ko‘ra, inson bir kunda 8-10 soat uxlash kerak. Shunga qaramay hamma ham bu normada uxlay olmaydi va bunga turli omillar, xususan, uyqusizlik sabab bo‘ladi. Elle nashri xayolan qo‘zichoqlarni sanab chiqib ham uyqusini topa olmaydiganlar uchun Amerika harbiylari qo‘llaydigan usuldan foydalanishni tavsiya qiladi. Ta’kidlanishicha, mazkur usul 120 soniyada uyquga ketishga yordam beradi va uch haftalik amaliyotdan so‘ng 96 foiz muvaffaqiyat kafolati mavjud.

Ushbu ko‘rsatma haqida ilk bor 1981-yilda “Relax and Win: Championship Performance” kitobida yozilgan. Usul ikki bosqichni o‘z ichiga oladi.

Birinchi bosqich:

Miyangizdan har xil xayollarni chiqarib tashlab, ongingizni “tozalang”. Kitobda yozilishicha, bunga 1,5 daqiqa atrofida vaqt sarflanishi kerak. Buning uchun mushaklarni erkin qo‘ying, keyin esa yelkalarni maksimal pastga tushiring va qo‘llaringizni yengil his qiling. Chuqur nafas oling va o‘zingizni bo‘sh qo‘ying. Shu tariqa oyoqlarni, umuman, tanangizning barcha qismlarini bo‘sh qo‘ying.

Ikkinchi bosqich — quyidagi obrazlardan birini tasavvur qiling:

Lloyd Uinterning fikricha, ushbu usul 96 % odamga ta’sir qiladi. Agar siz qolgan 4 % toifaga kirsangiz, Milliy uyqu fondi quyidagicha yo‘l tutishni tavsiya qiladi:

Uyquning to‘liq bo‘lmasligidan odam nafaqat asabiy bo‘lib qoladi, balki salomatligiga ham jiddiy zarar yetkazadi. Shuningdek, diqqatni jamlay olmaslikka ham olib keladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют