» » Shavkat Mirziyoyev pandemiya sharoitida aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev pandemiya sharoitida aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi farmonni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Farmonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida asosiy daromad manbalarini yo‘qotgan shaxslarni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va tadbirkorlik subyektlarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator choralar belgilangan.

Hujjatga asosan, aholi va tadbirkorlarga 2020-yil 1-apreldan 2020-yil 1-oktabrga qadar quyidagi imtiyoz va yengilliklar beriladi.

“Mahalla” jamg‘armasi, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi, “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasi hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslarga beg‘araz beriladigan pul mablag‘lari va tovarlar (xizmatlar)ga foyda solig‘ini hisoblashda chegiriladigan xarajatlar sifatida qaraladi. Shuningdek, mazkur tovarlar (xizmatlar) qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq solish obyektiga kiritilmaydi.

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondidan, “Saxovat va ko‘mak” fondidan, “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondidan, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan beg‘araz yordam (pul mablag‘lari, tovarlar va xizmatlar)ga agar yordam oluvchi shaxslar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, yuqorida qayd etib o‘tilgan jamg‘armalardan hamda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan beg‘araz yordam (pul mablag‘lari, tovarlar va xizmatlar)ga jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi.

Shu bilan birga, jismoniy shaxslarga turar joylarini hamda koronavirus pandemiyasi davrida faoliyati to‘xtagan tadbirkorlik subyektlariga noturar joylarni ijaraga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha soliqni foizsiz kechiktirib to‘lash huquqi beriladi. Bunda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash bo‘yicha berilgan kechiktirish summasi 2021-yil 1-aprelga qadar teng ulushlarda to‘lanishi lozim.

Lizing korxonalari tomonidan hisoblangan va kechiktirilgan lizing bo‘yicha foiz daromadlari summasi foyda solig‘ini hisoblashda kechiktirish berilgan davrdagi jami daromad tarkibiga kiritilmaydi.

Tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash Davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilish tartibi tadbirkorlik subyektlarining amaldagi kredit shartnomalariga ham tatbiq qilinadi.

Hujjatga muvofiq, 2020-yilda xodimga to‘lanadigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydigan moddiy yordam summasi mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 4,22 baravaridan 7,5 baravarigacha oshiriladi.

Farmon bilan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligining pensiya va nafaqalar to‘g‘ri tayinlanishi hamda to‘lanishi bo‘yicha tekshirishlar natijasida aniqlangan, fuqarolarga ortiqcha to‘langan pensiya va nafaqalarning 2020-yil 20-aprel holatiga ko‘ra qarzdorlik summasini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Farmonga ko‘ra, 2020-yil 1-maydan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga (Davlat budjeti hisobidan pensiya oluvchi shaxslardan tashqari) pensiyalar to‘lovi to‘g‘ridan to‘g‘ri Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi orqali amalga oshiriladi.

Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining 6-bandida nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartibda soliqlarni to‘lash bo‘yicha foizsiz kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) berish muddati 2020-yil 31-dekabrgacha uzaytirilishi belgilandi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) berilgan va kelgusida to‘lanadigan soliq summalarini to‘lash bo‘yicha muddatni mustaqil ravishda, biroq ikki yildan oshirmasdan belgilash huquqiga ega.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют