» » Erdo‘g‘onning g‘alabasi bilan tugagan referendum, hokimsiz qolgan Chilonzor, kiyim-boshi yangilanadigan o‘zbek militsioneri va kunning boshqa muhim xabarlari

Erdo‘g‘onning g‘alabasi bilan tugagan referendum, hokimsiz qolgan Chilonzor, kiyim-boshi yangilanadigan o‘zbek militsioneri va kunning boshqa muhim xabarlari


17-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Turkiyadagi referendumda konstitutsiyani o‘zgartirish tarafdorlari g‘olib bo‘ldi. Referendumda g‘alaba qozongan Erdo‘g‘on birinchi galda Turkiyada o‘lim jazosini tiklashni muhokama qilishini bildirdi.

2. O‘zbekistonda militsionerlarning maxsus kiyim-boshi yangilanadi. Militsionerlarning libosi “fuqarolar ongida ichki ishlar organlari to‘g‘risida ijobiy tasavvurlarni shakllantirish maqsadida” yangilanadi

3. Chilonzor tumani hokimi Tohir Mirhidoyatov lavozimidan ozod etildi. U bilan birga tuman bosh militsioneri ham ishdan olingan. Tuman hokimi o‘rni hozircha bo‘sh.

4. “Paxtakor” bosh murabbiyi Ravshan Haydarov: “Futbolchilarimizda qandaydir befarqlik hukm surmoqda”. Klub Yevropa va Braziliyadan yangi murabbiy olib kelishni rejalashtirmoqda.

5. “Paxtakor”dan keyin “Bunyodkor”da ham rahbariyat o‘zgarishi mumkinligi aytildi. Klub bosh direktori Baxtiyor Boboyevning faoliyati to‘xtagan, bosh murabbiy Sergey Lushchanning iste’foga chiqarilishi ehtimoli katta.

Bonusiga — Video: O‘zMTRKning “Tahlilnoma” ko‘rsatuvi xususiy telekanal ko‘magida tayyorlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют