» » Angliyalik erkak o‘ziga tegishli bog‘dan antikvar mototsikl topib oldi

Angliyalik erkak o‘ziga tegishli bog‘dan antikvar mototsikl topib oldi


Buyuk Britaniyada yashovchi erkak Kris Hopkins sakkiz yildan beri egalik qiladigan bog‘idan antikvar mototsikl topib oldi. Bu haqda LADBible xabar berdi.

51 yoshli britaniyalikning so‘zlariga ko‘ra, u ikki qizi Natasha va Skarlett bilan bog‘da toshlar va o‘simliklardan “gorka” yasayotgan edi. Buning uchun erkakka tuproq kerak edi. Hopkins yerni qazayotgan vaqtda g‘ildirakka duch keladi.

Shunda erkak bolalar velosipedini topdim, deb o‘ylaydi. Keyin esa yana biroz kovlab, yer ostida “Puch” markali mototsikl borligini ko‘radi.

“Fikrimcha, mototsikl 1960-yillarning oxiri, 1970-yillarning boshlarida ishlab chiqarilgan”, — deydi Hopkins.

Mototsiklning nima sababdan ko‘milganini aniqlash maqsadida Hopkins qo‘shnilarini so‘roqqa tutdi. Biroq ulardan hech biri uyning avvalgi egasida bunday mototsiklni ko‘rmaganini aytgan.

Hopkinsning fikricha, mototsikl o‘g‘irlangan. O‘g‘rilar mototsiklni uning bog‘iga olib kelib yashirgan, keyin esa uni esdan chiqargan.

Mavzuga doir: Tomorqaga 50 yil oldin ko‘milgan Ford’ning siri ochildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют