» » O‘zbekistonning ayrim hududlaridagi yomg‘ir aralash kuchli shamol tufayli elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi

O‘zbekistonning ayrim hududlaridagi yomg‘ir aralash kuchli shamol tufayli elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi


O‘zbekistonning ayrim hududlarida, xususan, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida yomg‘ir aralash kuchli shamol oqibatida yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi podstansiyalarda avariyaga qarshi avtomatik tizim ishga tushishi tufayli elektr ta’minotining favqulodda o‘chish holatlari yuz bermoqda. Bu haqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi barcha podstansiyalar hamda havo liniyalariga xizmat ko‘rsatuvchi texnik-muhandislar kuchaytirilgan tartibda xizmat qilmoqda, navbatchilar safiga qo‘shimcha brigadalar jalb etilgan, barcha texnika va kerakli jihozlar shay holatga keltirilgan.

Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilgan elektr ta’minotining favqulodda o‘chish oqibatlari bartaraf etilmoqda, deyiladi xabarda.

8-aprel kuni yog‘gan qor tufayli Toshkent shahrida va respublikaning aksariyat hududlarida daraxtlar sinib tushgan, oqibatda elektr ta’minotida bir necha soatlik uzilishlar kuzatilgandi. 9-aprelda O‘zbekistonda kuchli shamol oqibatida kamida 63 ming xonadon elektr ta’minotisiz qolgani xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют