» » Karantin davrida bolani emlashlar xavfli emasmi? Koronavirusga qarshi kurash shtabi javob berdi

Karantin davrida bolani emlashlar xavfli emasmi? Koronavirusga qarshi kurash shtabi javob berdi


Agar bola ayni vaqtda sog‘ bo‘lsa emlash grafigini buzishga ehtiyoj yo‘q. Bu haqda 27-aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ma’lum qildi.

Habibulla Oqilovning ta’kidlashicha, hozirgi paytda poliklinikalarda bexavotir emlanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

“Karantingacha bir oy mobaynida 1-2 emlash kunlari bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda poliklinikalarda odamlarni to‘planib qolishini oldini olish va o‘z vaqtida dezinfeksiya muolajalarini o‘tkazish uchun deyarli har kuni emlatish mumkin”, — dedi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, kutib qolmaslik uchun oldindan telefon orqali emlashga yozilib qo‘yish to‘g‘ri bo‘ladi.

Mavzuga doir:

Toshkent va yana 2 ta viloyatda rejadan tashqari qizamiqqa qarshi emlash kunlari o‘tkazilmoqda (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют