» » O‘zbekistonda yagona elektron chipta sotish tizimi operatorini tanlov asosida belgilash taklif etildi

O‘zbekistonda yagona elektron chipta sotish tizimi operatorini tanlov asosida belgilash taklif etildi


“O‘zbekiston Respublikasida yagona elektron chipta sotish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahakamasining qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan edi. Mazkur qaror loyihasi yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan tegishli takliflar (e’tirozlar) bildirildi va belgilangan tartibda loyiha ishlab chiquvchiga yuborilgan. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

Loyihaga ko‘ra, chipta sotishning yagona elektron tizimi yaratilib, UzCard 51 foiz ulush bilan va Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi 49 foiz ulush bilan operator ustav kapitalida ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hozirgi kunda respublikada “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ (e-ticket.railway.uz), Uzbekistan Airways AJ (uzairways.online), “O‘zavtovokzal servis” DUK (avtoticket.uz) tomonidan onlayn chiptalar sotish, shuningdek, internet tarmoqlari orqali kino, teatr, konsert va sport tadbirlari uchun (iticket.uz va myticket.uz) onlayn chiptalar sotish yo‘lga qo‘yilganligi va samarali faoliyat yuritayotganligini qayd etgan.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish maqsadida O‘zbekiston rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablaridan kelib chiqib, bu sohada xususiy tadbirkorlik faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi va soha jadal rivojlanib borayotganligini inobatga olib, qo‘shimcha yangi davlat ishtirokidagi korxona tashkil etish maqsadga muvofiq emasligi bildirilgan.

Bundan tashqari, loyihada barcha mavjud chipta sotish axborot tizimlarini yaratilayotgan yangi portal bilan majburiy integratsiyalashni ta’minlash topshirilgan. Qo‘mitaning izohiga ko‘ra, ushbu talab ham “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga zid bo‘lganligi sababli chipta sotish axborot tizimlarini ixtiyoriylik asosida portal bilan integratsiyalashi mumkinligini ko‘zda tutishi lozim.

Shulardan kelib chiqqan holda, qaror loyihasidagi ayrim normalar yuqorida ko‘rsatilgan davlat raqobat siyosati yo‘nalishlariga zid ravishda kiritilganligi sababli mazkur normalarni qayta ko‘rib chiqish va operatorni belgilashni raqobat tamoyillari asosidagi tartibotlar (tanlov, tender) orqali amalga oshirilishi taklifi berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 05:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют