» » Uber 2016-yilda 2,8 milliard dollar zarar ko‘rdi

Uber 2016-yilda 2,8 milliard dollar zarar ko‘rdi


Uber xalqaro taksi xizmati 2016-yil davomida 2,8 milliard dollar miqdorda zarar ko‘rdi, vaholanki kompaniya yil davomida 6,5 milliard dollar daromad olgan edi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

Aksiyalari ochiq bozorda e’lon qilinmaydigan kompaniya, undan avvalgi yil natijalarini oshkor etmagani holda, ilk marta o‘z moliyaviy ko‘rsatkichlarini ma’lum qildi. Shu bilan birga Uber o‘tgan yilning to‘rtinchi choragidagi daromad hajmi undan avvalgi uch oyga nisbatan 74 foizga — 2,9 milliard dollargacha o‘sganini bildirdi.

The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Uber 2008-yilda tashkil qilinganidan beri 15 milliard dollar miqdorida qarzli va hissali moliyalashtirishni amalga oshirgan. Kompaniya faoliyat doirasini keng ko‘lamda kengaytirishi hisobiga ko‘rsatilgan mablag‘dan faqat 7 milliard dollarga yaqini qolgan.

Uber — shaxsiy haydovchili avtomobilni qo‘ng‘iroq orqali chaqirish bo‘yicha mobil dasturni ishlab chiqaruvchi xalqaro texnologik kompaniyadir. Kompaniya salkam 70 mamlakatda 570 dan ortiq shaharda o‘z ximatlarini ko‘rsatadi. Uber MDH mamlakatlari orasida Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Ukrainada faoliyat olib boradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют