» » SSV: O‘zbekistonda pandemiyaga qarshi avvaldan zarur choralar ko‘rilgandi

SSV: O‘zbekistonda pandemiyaga qarshi avvaldan zarur choralar ko‘rilgandi


O‘zbekistonda pandemiyaga qarshi avvaldan zarur choralar ko‘rilib, aholi uchun to‘rtta toifada tibbiyot muassasalari shay holatga keltirilgan. Bu haqda SSV Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Farrux Sharipov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, dunyoda koronavirus pandemiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 2020-yil 11-mart kuni e’lon qilingan bo‘lsa, O‘zbekistonda birinchi bemor qayd etilishidan qariyb ikki oy oldin Prezident tomonidan epidemiya tarqalishining oldini olish hamda epidemik vaziyat barqarorlashgunga qadar unga qarshi kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgan edi.

“Epidemiyaga qarshi tadbirlar bilan bir qatorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida aholiga o‘z vaqtida, sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni ko‘rsatish uchun ko‘plab zarur choralar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mavjud tibbiyot muassasalari kattalar va bolalar uchun 4 toifada qayta ixtisoslashtirilib, tayyorlandi”, — deydi Farrux Sharipov.

Uning aytishicha, birinchi navbatda, O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan hamda gemodializga muhtoj bemorlar uchun 16 586 ta shifo-o‘ringa ega 80 ta davolash-profilaktika muassasalari, shuningdek, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan homilador ayollar uchun esa 340 shifo-o‘ringa ega 13 ta tug‘ruq kompleksi shay holatga keltirildi.

Ikkinchidan, mazkur infeksiya bilan kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lgan, shoshilinch tibbiy yordam xizmatiga, shuningdek, gemodializ yordamiga muhtoj bemorlar uchun 1860 ta shifo-o‘ringa ega 14 ta davolash-profilaktika muassasasi, koronavirus bilan kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lgan homilador ayollar uchun esa 740 shifo-o‘ringa ega 14 ta tug‘ruq kompleksi ajratildi.

Mavzuga doir: Singapurlik olimlar O‘zbekistonda koronavirus qachon butunlay tugashini prognoz qildi

Shuningdek, infeksiya aniqlanmagan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lmagan aholining qolgan qismi uchun ftiziatriya, endokrinologiya, onkologiya, neyroxirurgiya, nefrologiya, gematologiya, narkologiya, akusherlik va ginekologiya, ruhiy kasalliklar, qon markazlari, gemodializ bo‘limlari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari, jami 78 284 ta shifo-o‘ringa ega davolash-profilaktika muassasalari xizmat ko‘rsatishi belgilandi.

To‘rtinchi toifa sifatida infeksiya aniqlanmagan va muloqotda bo‘lmagan, kechiktirilmaydigan va shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlar uchun 1586 ta shifo-o‘ringa ega 210 ta davolash-profilaktika muassasasi tayyorlab qo‘yilgan.

Barcha davolash-profilaktika muassasalari malakali tibbiy kadrlar, kerakli miqdordagi dori vositalari, tibbiy asbob-uskunalar, buyumlar hamda shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan.

“Ushbu ko‘rilgan chora-tadbirlar, rivojlangan davlatlarni shoshirib qo‘ygan bir paytda, pandemiyaga qarshi kurashishda o‘z samarasini bermoqda. Shuningdek, kasallanganlarni xalqaro standartlar asosida davolash choralarining to‘g‘ri amalga oshirilgani tufayli shifo topganlar ham kundan kunga ko‘payib bormoqda”, — deya o‘z so‘zlarini yakunlagan Farrux Sharipov.

Ma’lumot uchun, 2020-yil 27-aprel soat 18:15 holati bo‘yicha jami 103 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlarning umumiy soni 892 nafarga yetdi. Virus aniqlangandan buyon qayd etilgan jami kasallanish holatlari esa 27-aprel soat 22:00 holatiga ko‘ra, 1904 tani tashkil etmoqda. O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют