» » Pekin Kim Chen Inni tekshirish uchun Xitoydan KXDRga shifokorlar yuborilganini tasdiqlamadi

Pekin Kim Chen Inni tekshirish uchun Xitoydan KXDRga shifokorlar yuborilganini tasdiqlamadi


Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuan Xitoy KXDRga koronavirusni aniqlash bo‘yicha test tizimlarini jo‘natganini ma’lum qildi, biroq Pekin tomonidan Shimoliy Koreyaga shifokorlar guruhi jo‘natilgani rost yoki yolg‘onligi haqidagi savolga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob bermadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Koronavirus tarqalganidan keyin, bilishimcha, ko‘plab xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, Qizil Xoch KXDRga epidemiyaga qarshi kurash vositalarini taqdim etdi. Xitoy ham Shimoliy Koreyaga favqulodda zarurat holatida koronavirusni aniqlash uchun qo‘llaniladigan tashxis vositalarini jo‘natdi”, — deya ma’lum qilgan diplomat.

Uning qo‘shimcha qilishicha, koronavirus dunyo bo‘ylab tarqalishda davom etayotgan ayni paytda Xitoy o‘z hududida epidemiyaga qarshi kurashmoqda va bir vaqtning o‘zida o‘z imkoniyatlari darajasida yordamga muhtoj boshqa davlatlarga yordam bermoqda.

“KXDR yetakchisi Kim Chen Inning salomatligi haqidagi xabarlarga kelsak, o‘tgan haftada shunga o‘xshash savol berilgan edi, hozir ham o‘shandagi kabi javob berishim mumkinki, OAVdagi bunga oid xabarlarning qanday manbasi borligini bilmayman“, — dedi Gen Shuan.

Uning aytishicha, Xitoyning KXDRga shifokorlar guruhini jo‘natgani haqidagi savol masalasida u taqdim etishi mumkin bo‘lgan hech qanday ma’lumot yo‘q.

Avvalroq Reuters agentligi Xitoy hukumati sog‘lig‘ida muammo bo‘lishi mumkin bo‘lgan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun Pxenyanga tibbiyot mutaxassislari ham bo‘lgan maxsus delegatsiya yuborgani haqida xabar bergan edi.

CNN telekanali AQSh KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i jarrohlik amaliyotidan so‘ng yomonlashgani to‘g‘risidagi razvedka ma’lumotlarini o‘rganayotganini ma’lum qilgandi. Prezident Donald Tramp esa Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomonlashgani to‘g‘risidagi xabarlarga javob berar ekan, CNN’ga unchalik ishonmasligini bildirgan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyada 2019-yildan buyon hokimiyatni topshirish uchun favqulodda reja tayyorlanmoqda. Mamlakat tepasiga amaldagi rahbar Kim Chen Inning o‘rniga uning singlisi Kim Yo Chjon kelishi mumkin.

Shuningdek, Janubiy Koreya hukumati Kim Chen Inning tirik va soppa-sog‘ligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Pxenyanda aholi vahimaga tushgani haqidagi xabarlar rad etildi.

Mavzuga doir: “Asabiylashganidan shifokorning qo‘llari qaltirar edi”. Kim Chen Inda o‘tkazilgan jarrohlik tafsilotlari ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют