» » O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lganlarni uy sharoitida karantinda saqlash tartibi belgilandi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lganlarni uy sharoitida karantinda saqlash tartibi belgilandi


Vazirlar Mahkamasining qarori bilan koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Nizomga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan shaxs aniqlanganda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari hamda hududiy ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan darhol koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati shakllantiriladi.

Ichki ishlar organlari Milliy gvardiya organlari bilan hamkorlikda muloqotda bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatida ko‘rsatilgan shaxslarni darhol uy sharoitida karantinga joylashtirilishi va saqlanishini ta’minlaydi.

Muloqotda bo‘lgan shaxslar 14 kun davomida yoki ularning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilab berilgan muddat davomida uy sharoitida karantinga olinadi. Muloqotda bo‘lgan shaxs uy sharoitida karantinga olinganda u bilan bir uyda yashovchi barcha shaxslar karantinga olinadi.

Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning karantin muddati davomida uyni tark etishi qat’iyan man etiladi, ularga kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno.

Uy sharoitida karantinga olingan shaxs bilan bir uyda bo‘lgan boshqa shaxslar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda, qolgan shaxslar uchun karantin muddati qaytadan boshlanadi.

Uy sharoitida karantinga olingan shaxslar karantin muddati davomida tibbiyot xodimlari tomonidan har kuni 2 mahal ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunda birinchi ko‘rik soat 09:00 gacha, ikkinchi ko‘rik 16:00 gacha amalga oshirilishi lozim.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan haftada bir marta karantinga olingan uyning (xonadonning) tevarak-atrofida dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilishi ta’minlanadi.

Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarda karantin muddatida koronavirus infeksiyasi aniqlanmasa, ularni uy karantinidan chiqarish bo‘yicha sog‘liqni saqlash organlari tomonidan qaror qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 240 mingdan ortiq kishida koronavirus testi o‘tkazildi. Aymi paytda uy sharoitida 62 825 nafar, statsionar sharoitda esa 18 254 kishi karantinga olingan. Shu vaqtga qadar 207 336 nafar (uy sharoitida 174 441 nafar, statsionar sharoitida 32 895 nafar) fuqaro karantindan chiqarildi.

O‘zbekistonda 27-aprel soat 22:00 holatiga ko‘ra, jami kasallanish holatlari esa 1904 tani tashkil etmoqda. 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 810 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют