» » Karantin sababli Farg‘onada bir oy qolib ketgan bolalar Milliy gvardiya mashinasida Namanganga olib kelindi

Karantin sababli Farg‘onada bir oy qolib ketgan bolalar Milliy gvardiya mashinasida Namanganga olib kelindi


Namangan shahridagi Toshmatovlar oilasi Navro‘z bayramida — 21-mart kuni Farg‘ona shahrida mehmonda bo‘lib, uch nafar farzandini buvisining uyida qoldirib kelgandi. Shundan so‘ng joriy etilgan karantin tartibi tufayli ota-onaning bolalari bilan diydor ko‘rishishi bir oydan ko‘proqqa cho‘zilgan, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.

— Farzandlarim buvisining uyida bo‘lsa ham, har kuni qo‘ng‘iroqlashsak ham baribir qattiq sog‘ingandik. Ular qachon olib ketishimizni so‘rab, yig‘lashardi, — deydi Elyorbek Toshmatov.

Oila boshlig‘i Elyorbek Toshmatov viloyat hokimi Xayrullo Bozorovga Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali murojaat qilib, farzandlarini olib kelish yoki turmush o‘rtog‘ini Farg‘ona shahriga yetkazishda yordam so‘ragan. Murojaat e’tiborsiz qolmadi.

Milliy gvardiya Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari 24-aprel kuni maxsus xizmat mashinasida Farg‘ona viloyatidan Toshmatovlarning farzandlarini Namanganga olib qaytdi. Xonadon a’zolarining duosini olgan yigitlar esa navbatdagi xizmat sari yo‘l oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют