» » Pentagon rasmiy saytida noma’lum uchar jismlar videosini e’lon qildi

Pentagon rasmiy saytida noma’lum uchar jismlar videosini e’lon qildi


Pentagon o‘z rasmiy saytida noma’lum uchar jismlar parvozi aks etgan videolarni e’lon qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

AQSh Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha uchta videorolikning bittasi 2004-yilda tasvirga tushirilgan, qolgan ikkita video esa 2015-yil yanvarida olingan. Uchala video ham 2007 va 2017-yillarda internetda Pentagon ruxsatisiz tarqalgan, biroq AQSh harbiy dengiz kuchlari ham materiallarning haqiqiyligini tasdiqlagan.

Mavzuga doir: 

“Mudofaa vazirligi ushbu videoyozuvlarni jamoatchilik noto‘g‘ri xayol qilmasligi uchun tarqatayotganini, mazkur videolar real ekanini bildirgan. Videoyozuvlardagi noma’lum uchar jismlarning nima ekani hozirgacha aniqlanmagan”, — deyiladi Pentagon bayonoti.

Harbiy samolyotlardan olingan yozuvlardan uchar jismning samolyotga ham, vertolyotga ham yoki boshqa uchuvchi apparatlarga ham o‘xshamasligi ko‘rinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют