» » Andijon IIB “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga 101 mln so‘m xayriya qildi

Andijon IIB “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga 101 mln so‘m xayriya qildi


Andijon IIB xodimlari “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzurida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga bir kunlik ish haqi — 101 million so‘m mablag‘ni xayriya qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov.

Viloyat IIB axborot xizmati rahbari Sherzodbek Nuriddinovning ma’lumot berishicha, IIB xodimlari davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini qo‘llab-quvvatlab, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlarida tashkil etilgan jamg‘armaga beg‘araz ko‘mak bergan.

Shuningdek, o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olingan.

Andijon, Asaka, Buloqboshi, Baliqchi, Xo‘jaobod tumanlari hamda Andijon shahrida istiqomat qilayotgan 43 nafar xizmatchi oilasidan xabar olgan mas’ullar ularning tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga ko‘maklashib, muhtojlariga moddiy yordam ko‘rsatgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют