» » Bosh prokuratura namanganlik deputat va IIV xodimlari o‘rtasida yuz bergan nizoli vaziyat yuzasidan bayonot berdi

Bosh prokuratura namanganlik deputat va IIV xodimlari o‘rtasida yuz bergan nizoli vaziyat yuzasidan bayonot berdi


Bosh prokuratura 2020-yil 15-aprelda xalq deputatlari Namangan shahar kengashi deputati T.Muhammadiyev va ichki ishlar xodimlari o‘rtasida sodir bo‘lgan nizoli vaziyat yuzasidan bayonot berdi.

“Deputat o‘z avtomashinasida Namangan shahar, Yangiqo‘rg‘on ko‘chasida tashkil etilgan blokpostiga yetib kelib, shu yerda xizmat olib borayotgan IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, ularga qarshilik ko‘rsatgan.

Ayni holatda Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish)da ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli Namangan shahar prokuraturasi 16-aprel kuni T.Muhammadiyevni jinoiy javobgarlikka tortish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga rozilik berish haqida xalq deputatlari Namangan shahar kengashiga taqdimnoma kiritgan.

Shu kunning o‘zida mazkur taqdimnomani ko‘rib chiqqan Namangan shahar kengashi 21-06-sonli qaror bilan T.Muhammadiyevni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni rad etgan.

Mazkur holat yuzasidan kengashning roziligi asosida shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Biroq oradan uch kun o‘tib xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan sessiyasida, amaldagi qonunchilikka zid ravishda kengashning 16-apreldagi 21-06-sonli qarori bekor qilinib, T.Muhammadiyevni jinoiy javobgarlikka tortish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish rad etilgan.

21-aprelda mazkur holatni bartaraf etish maqsadida Namangan viloyati prokurori tomonidan xalq deputatlari Namangan viloyati kengashiga shahar kengashi chiqargan qarorlarni bekor qilish haqida taqdimnoma kiritilgan.

Ushbu taqdimnoma 25-aprelda viloyat kengashida ko‘rib chiqilib, 16-apreldagi 21-06-sonli qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan (T.Muhammadiyevni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish rad etish haqida) hamda 19-aprelda navbatdan tashqari sessiyada chiqarilgan qaror bekor qilingan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda”, — deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

Avval Namanganda shahar kengashi deputati T.Muhammadiyev hamda ichki ishlar xodimlari o‘rtasida nizoli vaziyat sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan, keyinchalik Namangan shahar kengashi YPX inspektorlari bilan janjallashgan deputatni himoya qilgani va endi vaziyat teskari aylanib ketishi mumkinligi ma’lum qilingan. 23-aprelda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Doniyor G‘aniyev parlament 12 nafar a’zosining IIV Po‘lat Bobojonovga kiritgan takliflari bayon etilgan murojaatni e’lon qilgan va unda namanganlik deputat hamda YPX xodimlari o‘rtasidagi nizoli vaziyatning to‘liq videosini parlamentga taqdim qilishni so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют