» » Bloomberg: Twitter’dagi Tramp obunachilarining deyarli uchdan biri — bo‘sh akkauntlar

Bloomberg: Twitter’dagi Tramp obunachilarining deyarli uchdan biri — bo‘sh akkauntlar


Bloomberg AQSh prezidenti Donald Trampning Twitter’dagi obunachilari tahliliga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadqiqot olib bordi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. 

Agentlik Trampga obuna bo‘lgan salkam 28 million akkauntdan 7,5 millioni yoki 28 foizi botlar, soxta va bo‘sh hisoblar ekanligini aniqladi. Tahlillar, shuningdek, Tramp obunachilarining 81 foizi erkaklar ekanligini ko‘rsatdi. 

Bloomberg Twitter’dagi prezident obunachilarining 7 ta asosiy turini ajratib ko‘rsatdi. Bular loyalistlar, barchaga nafrat bilan qarovchilar, jamoatchilik faollari, hazilkashlar, trollar, botlar va bo‘sh akkauntlardir. 

AQSh prezidentining 10 faol izdoshidan oxirgi oy mobaynida beshtasi bot ekanligi tasdiqlandi, uchtasi shunday ekanligi gumon qilinmoqda.

Trampning eng sermahsul obunachilaridan biri — @Trump2016_Fan 2016-yilda 18 mingdan ortiq tvit yo‘lladi. Ular asosan 45-prezidentni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan va Caps Lock’da yozilgan. 

SocialRank agentligi asoschilaridan biri Aleksandr Taubga ko‘ra, bu natijalardan ajablanmasa ham bo‘ladi, chunki Tramp yuritayotgani kabi ommaviy akkauntlar, qoidaga ko‘ra, soxta va shubhali obunachilarni jalb etadi. Botlar esa Twitter’dagi faol hayotning ajralmas qismi hisoblanadi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют