» » Habibulla Oqilov O‘zbekistonda koronavirusdan kuzatilgan o‘lim holatlarining xloroxinga aloqasi yo‘ligini bildirdi

Habibulla Oqilov O‘zbekistonda koronavirusdan kuzatilgan o‘lim holatlarining xloroxinga aloqasi yo‘ligini bildirdi


AOKA huzuridagi shtabda tashkil qilingan brifingda koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov COVID-19’ning xloroxin dori vositasi bilan davolash mumkinligi haqida savollarga javob qaytardi.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda bezgakka qarshi xloroxin preparatidan foydalanilayotgani xabar qilingan, savolda ushbu dori vositasida xorijdagi bemorlarda salbiy holatlar, jumladan, o‘lim kuzatilayotgani haqida berilgandi.

“Gidroksoxloroxin (xloroxin) ko‘plab davlatlarda koronavirus infeksiyasini davolashda ijobiy natijalar ko‘rsatdi. Ushbu preparatni qabul qilgan bemorda virus ta’siri kamayadi va yoki butunlay yo‘qoladi. Dorining ta’sirini yanada kuchaytirish uchun u bilan birga azitromitsin antibiotiki ham qo‘llanilmoqda. Bu haqda xitoylik va koreyalik shifokorlar ma’lum qilgan. Xloroxindan uzoq vaqt davomida foydalanilganda bemorda yurak aritmiyasi kuzatilishi mumkin, shuning uchun ham xloroxin bilan bog‘liq barcha davolash choralari elektrokardiogramma monitoring va kardiolog maslahatlari asosida amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 8 nafar bemorning hech birida yurak aritmiyasi kuzatilmagan”, – deydi Oqilov.

Shuningdek, u xloroxin preparati bemor og‘ir ahvolda bo‘lgan vaqtlardagina ishlatilayotganini ham ta’kidladi.

Mavzuga doir: 

“Preparat aritmiyasi bor bemorlar, yurak qon-tomir kasalliklariga chalingan odamlar, homilador ayollar, bolalar va 65 yoshdan katta kishilarni davolashda ishlatilmayapti. Butun dunyo tibbiyoti ushbu infeksiya bilan ilk bora to‘qnash keldi, shu sababli turli preparatlarning aniq davolashda qo‘llash haqida gapirishga hali erta deb hisoblayman”, – degan Habibulla Oqilov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют