» » Buxoroda kuchli shamol oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

Buxoroda kuchli shamol oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi


27-aprel kuni soat 20:00 dan 28-aprel soat 00:30 ga qadar Turkmaniston hududidan kuchli shamol kirib kelib, O‘zbekistonning Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida soniyasiga 9—40 metr tezlikda shamol esishi kuzatildi.

Buning oqibatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligidan xabar berishlaricha, bir necha fuqaro jabrlanib, ulardan bir nafari halok bo‘lgan. Shuningdek, hududlardagi daraxtlarning ag‘darilishi natijasida ijtimoiy soha obyektlari, aholi yashash xonadonlari va avtotrasport vositalariga zarar yetgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning ayrim hududlaridagi yomg‘ir aralash kuchli shamol tufayli elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi

Qayd etishlaricha, yuzaga kelgan shamol oqibatlarining asosiy qismi Buxoro viloyatiga to‘g‘ri keladi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, taxminan 29 nafar fuqaro yengil va bir nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olgan bo‘lib, bitta holatda o‘lim qayd etilgan.

Yengil va og‘ir tan jarohati olgan besh nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. 26 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyga javob berilgan.

Ma’lum qilishlaricha, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha viloyat hokimliklarida shtablar tashkil etilib, favqulodda vaziyatlarni baholash komissiyalari keltirilgan zararlarni aniqlash ishlarini olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют