» » Bunaqasi bo‘lmagan: Toshkentda IIB xodimlari avtomobil egalarini yarim tunda shamol xavfidan ogohlantirdi (video)

Bunaqasi bo‘lmagan: Toshkentda IIB xodimlari avtomobil egalarini yarim tunda shamol xavfidan ogohlantirdi (video)


Ijtimoiy tarmoqlar 27-aprel oqshomida Buxoroda olingan qo‘rqinchli foto va videolarga to‘ldi — ko‘z ochirmay qo‘ygan yomg‘ir aralash kuchli shamol (bo‘ron desa ham bo‘laveradi) oqibatida uylarning tomlari uchgan, daraxtlar ag‘anagan. Turkmaniston hududidan kirib kelgan ushbu tabiat hodisasi Buxoroda to‘xtab qolmasligi, sharq tomon harakatlanib, 28-aprel kuni poytaxtga ham yetib kelishi haqida avvalroq “O‘zgidromet” ogohlantirgan edi.

“O‘zgidromet” kuchli shamol deganda aynan nimani nazarda tutgani Buxoro manzaralari tarqalgach oydinlashdi. Aftidan, shu sabab yarim tunda poytaxt hokimligining Telegram’dagi kanalida: “Avtomobillaringizni daraxtlardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishingizni iltimos qilamiz”, degan murojaat paydo bo‘ldi, shahar mahalla va mavzelarida esa IIB xodimlari aholini shamoldan ogohlantirish bilan shug‘ullandi.

Aholi tabiat injiqlari arafasida rasmiylar tomonidan bunday g‘amxo‘rlik ko‘rsatilganini eslay olmasa kerak. Bunaqasi bo‘lmagan, desa ham bo‘ladi, shekilli.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют