» » Xitoyda bir sutkada 6 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda bir sutkada 6 kishida koronavirus aniqlandi


Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 6 ta holat aniqlandi, deb xabar bermoqda “RBK” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga tayanib.

Qayd etilishicha aniqlangan 6 holatning 3 tasida virus chetdan yuqtirilgan, qolgan 3 nafar bemor mamlakat shimoli-sharqidagi Xeylunszyan provinsiyasida. Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi sutkada koronavirusdan birorta o‘lim holati qayd etilmagan.

Virus o‘chog‘i bo‘lgan Xubey provinsiyasida ham yangi kasallanish va o‘lim holati qayd etilmagan. Umumiy hisobda epidemiya boshlanganidan buyon Xitoyda 83 968 kishi koronavirusga chalindi, 4 637 kishi vafot etdi, 78 374 nafari tuzaldi.

Avvalroq Xitoyda koronavirusga chalinganlarning 93 foizdan ortig‘i tuzalgani, Uxandagi kasalxonalarda koronavirusga chalingan birorta bemor qolmagani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют