» » Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 708 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 708 kishiga yetdi


Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 13 ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Shunday qilib, butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 708 kishiga yetdi. Koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

Kasallarning ikki nafari tibbiyot xodimlari ekanligi aytilmoqda. Ularning barchasi Norin viloyatida. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga chalingan tibbiyot xodimlari soni 185 nafarga yetdi.

O‘tgan bir sutka ichida Qirg‘izistonda 21 nafar bemor COVID-19’dan davolanishga muvaffaq bo‘lgan, hozirga qadar koronavirusdan sog‘ayganlar soni 416 kishiga yetgan. Yana 1012 kishi nazorat ostida qolmoqda.

O‘zbekistonda 28-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1924 nafarga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 892 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют