» » Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2950 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2950 kishiga yetdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 90 holat qayd etilib, kasallikka chalinganlarning jami soni 2950 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 25 kishi virus qurboniga aylangan, shuningdek, 725 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

Avvalroq Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi 11-mayga qadar uzaytirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, ushbu muddatga qadar koronavirus bilan kasallanishning yangi to‘lqini kuzatilmasa, favqulodda holat rejimi bekor qilinadi.

Mavzuga doir:Qozog‘istonda aholiga karantin sabab ketma-ket ikkinchi oy salkam 100 dollardan yordam puli tarqatiladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirus bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisi hali to‘liq o‘tmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют