» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 900 nafarga yetdi. Yangi sog‘ayganlar orasida 2020-yilda tug‘ilgan chaqaloq ham bor

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 900 nafarga yetdi. Yangi sog‘ayganlar orasida 2020-yilda tug‘ilgan chaqaloq ham bor


Farg‘ona viloyatida yetti nafar, Qashqadaryo viloyatida esa bir nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Farg‘onada sog‘ayganlarning ikki nafari erkak, besh nafari ayol bo‘lib, to‘rt nafari Farg‘ona viloyatidan, ikki nafari Toshkent shahridan va bir nafari Sirdaryo viloyatidan. Ularning besh nafari Turkiyadan kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach shifoxonaga yotqizilgan.

Qolgan ikki nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2020-yilda tug‘ilgan.

Qashqadaryoda tuzalib chiqqan 14 yoshli (erkak) bemor Chiroqchi tumanidan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan edi.

Qayd etish joiz, shu vaqtgacha Farg‘ona viloyatida 52 nafar bemor (endi 59 nafar), Qashqadaryoda esa to‘rt nafar bemor sog‘aygan edi (endi besh nafar). Ayni vaqtda Farg‘onada 64 bemor davolanishni davom ettirmoqda, Qashqadaryoda esa koronavirusga chalingan faqat bir bemor qoldi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 28-aprel soat 12:20 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 900 nafarni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, 28-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 1924 nafarga yetdi, ularning sakkiz nafari vafot etgan.

Mavzuga doir: Singapurlik olimlar O‘zbekistonda koronavirus qachon butunlay tugashini prognoz qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют