» » Telegram’da kanal ochib, axloqsizlikni targ‘ib qilgan andijonlik o‘quvchi jarimaga tortildi

Telegram’da kanal ochib, axloqsizlikni targ‘ib qilgan andijonlik o‘quvchi jarimaga tortildi


Telegram’da shaxsiy kanal ochib, axloqsiz materiallar tarqatgan 19 yoshli kollej o‘quvchisi jarimaga tortildi. Bu haqda “Daryo”ga Marhamat tumani Ma’muriy sudi ma’lum qilmoqda.

Sudya Akmaljon Alijonovning aytishicha, 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro J.A. Telegram ijtimoiy tarmog‘ida axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi kanal ochib, 25 dan ortiq pornografik mazmundagi rasm va video joylagan. Bundan tashqari kanalda ayollar ismini yozib, o‘zgalar telefon raqamini ommaga tarqatgan. Shuningdek, o‘ziga notanish bo‘lgan M.T.ni “yengil tabiatli ayol” deb haqorat qilgan.

Sud J.A. ishini ko‘rib chiqib, uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (Haqorat qilish) hamda 189-moddasida (Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) ayblagan va 1 million 115 ming so‘m jarima jazosini tayinlagan.

Huquqbuzarga tegishli telefon xotirasidagi pornografik materiallar o‘chirilib, musodara qilingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют