» » “Real” va “Barselona” koronavirus sabab 2020-yil oxirigacha qancha mablag‘dan quruq qolishi ma’lum bo‘ldi

“Real” va “Barselona” koronavirus sabab 2020-yil oxirigacha qancha mablag‘dan quruq qolishi ma’lum bo‘ldi


Ispaniyaning “Real” va “Barselona” klublari koronavirus pandemiyasi sabab qancha pul yo‘qotishi hisoblab chiqildi.

Cadena SER ma’lumotlariga ko‘ra, mavsumning to‘xtab qolgani va o‘yinlar dekabrga qadar bo‘sh stadionlarda o‘tishi ispan grandlarini 300 dan 400 million yevrogacha miqdordagi puldan quruq qoldiradi.

Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, “Real” va “Barselona” dekabrga qadar chiptalar savdosining o‘zidan 50 million yo‘qotadi.

Agar joriy mavsum muddatidan avval to‘xtalib, keyingisi to‘liq muxlislarsiz o‘tadigan bo‘lsa, ispan futboli homiylik shartnomalarini inobatga olmaganda 1,6 milliard yevro yo‘qotadi. Homiylik kelishuvlari qo‘shilgan taqdirda bu miqdor 1,9 milliardga yetadi.

Ta’kidlanishicha, eng yomon ssenariy ro‘y beradigan bo‘lsa, ba’zi klublar yo‘q bo‘lib ketishi ham mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют