» » Deputatlar O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi maqomida qo‘shilishiga ovoz berdi

Deputatlar O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi maqomida qo‘shilishiga ovoz berdi


Bugun, 28-aprel kuni, O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yakuniy qarori qabul qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxonov o‘zining Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning Ittifoqda kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topilgan.

Ushbu qaror bo‘yicha yig‘ilishda ishtirok etgan jami 132 nafar deputatdan 86 nafari tarafdor (yoqlab), 32 nafari — qarshi, 14 nafari esa betaraf ovoz bergan.

Avvalroq O‘zbekiston parlamenti Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalasini o‘rganishga kirishgani haqida xabar berilgan edi. Mart oyining boshlarida esa O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi davlat maqomida qo‘shilishi ma’lum bo‘lgandi. Oliy Majlis deputati YeOIIga a’zo bo‘lish tarafdorlari taqdim qilgan chalg‘ituvchi raqamlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют