» » Bosh prokuratura Buxorodagi kuchli shamol oqibatlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda

Bosh prokuratura Buxorodagi kuchli shamol oqibatlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda


Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga 28-aprelga o‘tar kechasi Turkmaniston hududidan kirib kelgan kuchli shamol yopirilib, shamolning tezligi soniyasiga 40 metrgacha yetgani xabar berilgan edi. Buning oqibatida hududlarda elektr va gaz ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan, ular orasida Buxoro eng katta talafot ko‘rgandi.

Mavzuga doir: Foto: Buxoroning Olot tumani — 27-aprel shamolidan keyin

Bosh prokuraturaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Buxoro viloyatida shamol tezligi sekundiga 25 metr bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tabiiy ofat oqibatida viloyat bo‘yicha 5 293 ta bino, 415 ta transport vositasi, 42 400 ta daraxt talafot ko‘rgan va 295 ta tabiiy gaz va elektr ta’minotida avariyalar sodir bo‘lgan, 31 nafar shaxs turli darajada tan jarohati olgan.

Shu kuni soat 21:30 larda Buxoro shahri, X.Mushkin ko‘chasida yashovchi 1978-yilda tug‘ilgan O‘.A. uyiga kelayotgan vaqtida viloyatda kuchli shamol oqibatida yerga uzilib tushgan elektr simiga ehtiyotsizlik bilan urilishi oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qorako‘l va Olot tumani bilan aloqa uzilib qolganligi sababli tegishli xizmatlardan iborat guruh shakllantirilib, hodisa joyini o‘rganish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun yuborilgan.

Mavzuga doir: Video: Buxoro va Navoiyga yopirilgan kuchli shamol va uning oqibatlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют