» » Shavkat Mirziyoyev Buxoroda yuz bergan kuchli shamol oqibatlarini ko‘zdan kechirish uchun viloyatga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Buxoroda yuz bergan kuchli shamol oqibatlarini ko‘zdan kechirish uchun viloyatga jo‘nab ketdi


Buxoro viloyatida 27-aprel kuni yuz bergan kuchli shamol hududda kuchli talafotlarga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ana shu talafotlar bilan bevosita tanishish uchun Toshkentdan Buxoroga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“27-aprel kuni respublika hududiga kirib kelgan kuchli shamol Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida aholi hayoti, infratuzilma tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi ekinlariga katta zarar yetkazgan”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida Buxoro viloyatiga jo‘nab ketgan.

Eslatib o‘tamiz, Buxoroda yuz bergan kuchli shamol oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 31 kishi jarohatlandi. Kuchli shamoldan so‘ng Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Samarqanddagi salkam 140 ming xonadon gazsiz qoldi. Buxoro kuchli shamoldan so‘ng elektr ta’minotida eng katta talafot ko‘rgan hudud bo‘lib turibdi. Bosh prokuratura Buxorodagi kuchli shamol oqibatlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют